
Jamshidbek Najmiddinov va Ulug‘bek Haqberdiev Shohjahon Ergashev bilan bir kechada ringga ko‘tariladi. Juftliklar bilan tanishing
Bilamizki, 11 iyun kuni poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy jangida hamyurtimiz Shohjahon Ergashev Salimu Jengoga qarshi ringga ko‘tariladi. Shuningdek, anderkard bahslari ham barchani qiziqtirishi shubhasiz. Shu kuni Jamshidbek Najmiddinov va Ulug‘bek Haqberdiev ham uzoq tanaffusdan so‘ng vatanimizda jang olib boradi. Shu va boshqa juftliklar bilan tanishing:
Shohjahon Ergashev (19-0) vs Salimu Jengo (16-3) 12 raund (63,5 kg)
Sergey Vorobev (10-1) (Rossiya ) vs Aleksandr Juravskiy (13-7-1) (Qozog‘iston) 8 raund (69,8 kg)
Ulug‘bek Haqberdiev (6-0) vs Dmitriy Atroxov (16-9) (Belarus)10 raund (72,5 kg)
Vladimir Mironenko ( debyutant) Rossiya vs Bekzod Qodirov (debyutant) (63,5 kg)
Jamshidbek Najmiddinov vs Merab Turkadze (Gruziya) 8 raund (66,6 kg)
Botirjon Zakirov (debyutant) vs Aleksandr Saltykov Rossiya 4 raund (61,2 kg)
Asrorbek Rahimov (debyutant) vs Ismoiljon Xoliqov (debyutant) (63,5 kg)
Fikrlar