Jamshid Saidov: "U medallar uchun kurashadigan jamoalarda o‘ynash darajasiga chiqib bo‘ldi"

  • 3 noyabr, 2024, 08:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 23-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Qizilqum" o‘z maydonida "Dinamo"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Bugun biroz omadimiz kelmadi. Yigitlar oxirigacha jang qilishdi. Oldinda 3 tur bor. Unga maksimal tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Bugun nima etishmadi deb o‘ylaysiz?

- Hujumda keskinlik etishmadi. Jarohat olgan Lobjanidzening yo‘qligi bog‘lamlar ishlamasligiga sabab bo‘ldi. Vaholanki yomon o‘ynamadik. Vaziyatlar yaratdik. 

- Hakam bilan tortishib qolganingiz sababi nima?

- Bu futbol. Unda emotsiya bo‘ladi. Shu bois hakam meni ogohlantirdi. E’tirozlar bo‘ldi, ammo hakam qarorni o‘zgartirmaydi. Jiddiy hech narsa yo‘q.

- Mavsum boshida qo‘yilgan maqsadga qanchalik etdingiz?

- Hali oldinda 3 o‘yin bor. Hozirgi taqvimda hammasi birdaniga o‘zgarib ketishi mumkin. Bu o‘yinlarda kutilamagan natijalar bo‘ladi. 

- Kelasi mavsumda o‘rinbosarlardan kimlarni e’tirof etasiz?

- Legionerlarni zaif nuqtalarni berkitish uchun olib kelamiz. Haqiqatdan ham yoshlarimiz yaxshi natijalar qayd etmoqda. Bozorov, Asadov singari yigitlarga imkon berilmoqda. 

- Muhammadali G‘iyosovga xaridor ko‘pmi?

- U o‘sib bormoqda. Medallar uchun kurashadigan jamoalarda o‘ynash darajasiga chiqib bo‘ldi. Vaqt ko‘rsatadi. 3 ta o‘yindan keyin xulosa qilamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!