
Jaloliddin Masharipov bugun Saudiya Arabistoni chempionatida debyut qiladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" klubi bugun Saudiya Arabistoni chempionatining 1-turida "Damak" jamoasini o‘z maydonida qabul qiladi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, legionerimiz bugungi bahsni asosiy tarkibda boshlaydi va bu uning Saudiya chempionatidagi debyuti bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:05da start oladi.
Fikrlar