Jaka yozda "Inter"ga o‘tishi mumkin

  • 12 aprel, 2019, 19:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Granit Jaka "Inter"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “neradzurrilar” 26 yoshli shveytsariyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rishmqochi. Biroq, bu ularga oson bo‘lmasligi mumkin. Chunki, “kanonirlar” ustozi Unai Emeri uni  tarkibda olib qolmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Jaka “Arsenal”dan ko‘ra kuchliroq jamoaga o‘tish niyatida ekanligini aytib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Jaka “Arsenal”ga kelguniga qadar “Borussiya” Myunxengladbax va “Bazel” kabi jamoalarda o‘ynagan. U joriy mavsum 32ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!