
"Jahon" klubi vakili Qirg‘izistonlik mag‘lub bo‘lmagan jangchiga qarshi!
26 iyul kuni Qirg‘izistonning Cholpon- Ata shahrida "EFC 46" turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur jang kechasida o‘zbekistonlik Timur Ma’murjonov ham oktagonga ko‘tariladi. Jahongir Asronov boshchiligidagi "Jahon " klubi vakili bo‘lgan Ma’murjonov kelishilgan vazn toifasi 71,3 kgda mezbonlar vakili Ruslan Turdubekovga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Turdubekov hali mag‘lubiyatga uchramagan, u uchta jangning barchasida g‘alaba qozongan. Hamyurtimizning rekordi esa 3-1 ko‘rinish olgan.
Fikrlar