Jahon chempioni UFC etakchisi hamda Olimpiada g‘olibi bilan jang qilmoqchi

CHERY AUTO

79 kg vazn toifasida kurash bo‘yicha ikki karra jahon chempioni bo‘lgan amerikalik Kayl Deyk rossiyalik MMA jangchisi Xabib Nurmagomedovni kurashga chorladi.  U bilan kurash qoidalariga muvofiq bahs olib boishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, agar yana shunday imkoniyatlar bo‘lsa, taniqli rus kurashchisi, uch karra Olimpiada chempioni Buvaysar Saytiev bilan ham bellashish istagi borligini aytgan.

Tecno

 "Agar Xabib kurash gilamiga chiqmoqchi bo‘lsa, men bunga to‘liq tayyorman. Qolaversa, Deyv Shults yoki Buvaysar Saytiev bilan ham kurashib ko‘rish istagim bor. Ikkalasi ham a’lo darajadagi mahoratga ega va men ularga qanday qarshi tura olishimni bilishni xohlardim”,- degan so‘zlaridan iqtibos keltirgan The Fight Library

 Eslatib o‘tamiz: 2009 yil 26 mayda Buvaysar Saitiev sportdagi faoliyatiga yakun yasaganini e’lon qilgan. U 2016 yilda esa Duma deputati bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!