
Jahon chempioni Mbappeni tanqid qildi: Kilian, katta bo‘l, bu hayot
Frantsiya terma jamoasi safida 2000 yilgi jahon va Evropa chempioni Emmanuel Petitning fikricha, PSJ hujumchisi Kilian Mbappe hali o‘sishi kerak.
"U markaziy mavzudan, ya’ni futbol va maydondan tobora uzoqlashmoqda. Albatta, va’dalar bajarilmagani haqidagi mish-mishlardan xabardorman, lekin yana qaytaraman: “Kilian, katta bo‘l, bu hayot”.
Sizga ko‘pincha hech kim bajarmaydigan va’dalar beriladi, bu siz ishlashni to‘xtatib, hamma narsani shubha ostiga qo‘yishingiz kerakligini anglatadimi? Albatta, yo‘q. Buni biz kundalik hayot, kattalar hayoti deb ataymiz. Kilian, o‘zingizga bog‘liq muammolaringizni qanchalik tez hal qilsangiz, o‘yiningiz tezroq yaxshilanadi va jamoatchilik hamda jamoadoshlaringiz bilan munosabatlaringiz yaxshilanadi.
Klub har qanday futbolchidan muhimroq. Bugun Mbappening gaplari o‘rinsiz. U harakatlari bilan klub va sheriklariga ham hurmatsizlik ko‘rsatmoqda. Chunki bu gapi bilan Kilian nafaqat murabbiyini, balki ba’zi futbolchilarni ham xafa qiladi", - dedi Peti.
Fikrlar