Jahon chempionatining eng zo‘r futbolchisi tennis kortlarini “yondirmoqda”

  • 25 iyun, 2024, 09:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Urugvay terma jamoasi safida 2010 yilgi jahon chempionatida o‘ynagan va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tiroy etilgan Diego Forlan professional darajada tennis o‘ynayapti.

45 yoshli sobiq futbolchi Peruda Xalqaro tennis federatsiyasi tasnifidagi xalqaro tennis turnirida qatnashib, chorak finalgacha etib keldi.

Yarim final yo‘llanmasi uchun kurashda Forlan braziliyalik Antonio Amaro da Silvaga 3:6, 2:6 hisobida yutqazib qo‘ydi. Biroq ungacha Diego uchta raqibini engib, ularni musobaqadan chiqarib yuborgandi.

Forlan Evropadagi faoliyati davomida “Atletiko”, “Vilyarreal”, “Manchester Yunayted” va “Inter” kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!