Jahon chempionatining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi
FIFA yangi formatda tashkil qilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan barcha jamoalar aniqlandi. So‘nggi yo‘llanmani Meksikaning “Amerika” klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan AQShning “Los-Anjeles” futbolchilari qo‘lga kiritdi.
15 iyun kuni AQShda start oladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida jami 32 ta jamoa sakkizta guruhga bo‘lingan holda o‘ynaydi. Har bir guruhdan dastlabki ikki pog‘onani egallagan klublar pley-offga chiqadi.
Jahon chempionatining barcha ishtirokchilari bilan tanishing.
UEFA:
“Chelsi”, “Manchester Siti”, “Real Madrid”, “Bavariya”, “Pari Sen-Jermen”, “Inter”, “Portu”, “Benfika”, “Borussiya Dortmund”, “Yuventus”, “Atletiko Madrid”, “Red Bull Zaltsburg”.
KONMEBOL:
“Palmeyras”, “Flamengo”, “Fluminense”, “Botafogo”, “River Pleyt”, “Boka Xuniors”.
KONKAKAF:
“Monterrey”, “Sietl Saunders”, “Pachuka”, “Inter Mayami”, “Los-Anjeles”.
OFK:
“Al-Hilol”, “Urava Red Daymonds”, “Al-Ayn”, “Ulsan Xyonde”.
OKEANIYa FK:
“Oklend Siti”.
KAF:
“Al-Ahli”, “Vidad”, “Esperans”, “Mamelodi Sandaunz”.
FIFA shafe’ligidagi ushbu jahon chempionatida ishtirok etadigan klublar uchun 1-10 iyun kunlari alohida transferlar oynasi ochiladi va qatnashuvchi jamoalar o‘z tarkiblariga yangi futbolchilarni qo‘shib olish imkoniga ega bo‘ladi.



Fikrlar