Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘ldi
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Janubiy Koreya - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz raqibga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Bak Invu tomonidan 31-daqiqada kiritilgan gol bellashuv taqdirini hal qildi.
Mag‘lubiyatdan qat’i nazar, vakillarimiz Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqdi.



Fikrlar