Jahon chempionati uchinchi saralash bosqichining muhim o‘yinlari oldidan O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov milliy jamoa bilan uchrashdi

  • 9 oktabr, 2024, 22:03
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2026 uchinchi saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabrda Eron, 15 oktyabr kuni esa BAA terma jamoasi bilan uchrashadi. Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov ana shu o‘yinlar oldidan milliy terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ushbu bahslarning ahamiyati, g‘alabalar orqali Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yaqin kelishimiz mumkinligi haqida so‘z bordi. 

Tecno

Bosh murabbiy Srechko Katanets betobligi sabab yig‘inga kela olmaganiga qaramay, jamoa bor kuchini ishga solgan holda, ijobiy natija qayd etishiga ishonch bildirildi. Bu borada yordamchi murabbiylar zimmasida ham katta mas’uluyat bo‘lishi ta’kidlandi. 

O‘z o‘rnida jamoamizning bir qator etakchi futbolchilari o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Tibbiy shtab va jamoaga aloqador barcha mutaxassislarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Abdusalom Abdumavlonovich bo‘lajak uchrashuvlarda jamoamizga omad tiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
.... ....
10/10/2024 06:49
Pizdez! Faras qivomman Amerikada SRU ni generali Amerika Soccer aossotsiatsiyasini prezidenti bosa bir vaqtda xam razvedka xam futbol. Bunaqasi faqat Uzbekistonda bosa kere.