
Jahon chempionati. Bugun 7 nafar bokschimiz oltin medal uchun ringga ko‘tariladi
Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘zining yakuniy pallasiga kirib keldi. Bugun musobaqaning so‘nggi kuni!
Kun davomida 7 nafar bokschimiz o‘zlarining final bahslarini o‘tkazadi. Hozircha jamoamiz hisobida 1 ta oltin va 3 ta bronza medallari bor.
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - Yuri Reis (Braziliya);
-80 kg: Javohir Ummataliev - Yojerlen Sezar (Frantsiya);
-90 kg: To‘rabek Xabibullaev - Isaias Ribeiro (Braziliya);
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Luiz Oliveira (Braziliya);
-65 kg: Navbahor Hamidova - Aida Abikeeva (Qozog‘iston);
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Teagn Stott (Angliya);
+90 kg: Jahongir Zokirov - Oybek Oralbay (Qozog‘iston).
Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan birinchi dastur 16:00 da va kechki dastur 22:00 da start oladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar