
Italiyani mashhur qilgan, hozir ko‘pchilikka ma’qul kelmaydigan "katenachchio" futboli haqida yoxud italyancha klassik uslub bilan tanishamiz
"Catenaccio" (italyancha satenaccio) - futboldagi taktik sxema, asosiy e’tibor himoya va taktik qoidabuzarliklarga qaratiladi. Italyan tilidan tarjima qilinganda taxminan "o‘tib bo‘lmaydigan eshik yoki tom ma’noda qulf", - degan ma’noni anglatadi.
"Katenachchio" yuqori e’tibor va samarali himoyani nazarda tutadi. Bu esa raqib o‘yinchilarining mudofaani yorib o‘tish ehtimolini kamaytiradi.
1947 yilgi mavsumda "Volga chimchilash", deb nomlangan ushbu taktika birinchi marta Rossiyaning "Krilya Sovetov" jamoasi tomonidan qo‘llanilgan. Ammo Milanning "Inter" klubi argentinalik murabbiyi Elenio Errera tufayli 60-yillarda dunyoda keng tarqaldi. Milanliklar gol urganidan so‘ng darhol "katenachchio" ostida maydonda o‘z pozitsiyalarini tiklardi va shu tariqa g‘alaba hisobini saqlab qolishardi.
Ammo bu taktik sxema 1967 yilgi Evropa chempionlar kubogi finalida “Inter” bilan "shafqatsiz hazil" o‘ynadi. Uchrashuvning 8-daqiqasidayoq Alessandro Mazzola penaltini aniq amalga oshirdi. Shundan so‘ng italyan futbolchilari "o‘lik himoya"ga o‘tishdi. Ularning o‘sha uchrashuvdagi raqibi Shotlandiyaning "Seltik"i edi. Bu klub aksincha, shu paytlari Evropa futbolidagi eng hujumkor jamoalardan biri edi. Yakunda shotlandlar 40 dan ortiq gol urish imkoniyati bilan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. "Katenachchio" juda ko‘p va keskin tanqid qilindi. O‘yindan keyin murabbiy Elenio Errera ham tan olishga majbur bo‘ldi: "Seltik" zafar quchishga loyiq edi va bu g‘oliblik - butun sportning g‘alabasi".
"Katenachchio"ga avstriyalik murabbiy Karl Rappan tomonidan kiritilgan va "verrou" yoki "zanjir" deb nomlangan sxema katta ta’sir ko‘rsatdi. Shveytsariyaga murabbiy sifatida kelgan Rappan "tozalovchi" pozitsiyasini kiritdi - deyarli darvozabonning yonida joylashgan himoyachi.
Qolgan to‘rtta himoyachi o‘yinchilar qisman maydon chetiga chiqadi. Shuning uchun oxirgi ikki ekstremal o‘yinchi aslida, qanot yarim himoyachilari rolini o‘ynaydi.
"Verrou" paytida o‘yinchilarning joylashishini hisobga olsak, u quyidagicha ko‘rinadi:
Darvozabon;
Tozalovchi (himoyachi, darvozabonga tortiladi);
Chap markaziy himoyachi;
O‘ng markaziy himoyachi;
Chap loteral (markazlashgan himoyachi);
O‘ng loteral (markazlashgan himoyachi);
Tayanch yarim himoyachi;
Pleymeyker (hujumkor yarim himoyachi; pas beruvchi);
Chap yarim himoyachi;
O‘ng yarim himoyachi;
Strayker (yaqqol hujumchi).
Nereo Rokkoning "sof katenachchio" deb ataladigan taktikasi birinchi marta 1947 yilda "Triestina" klubi tomonidan namoyish etilgan. Umumiy sxema 1-3-3-3, ba’zan esa 1-4-4-1 va 1-4-3-2 ga o‘zgartirilgan. "Triestina" o‘sha mavsumda o‘zi uchun rekord darajadagi 4-o‘rinni egallagan.
"Katenachchio"ning asosiy yangiligi libero (tozalovchi, erkin himoyachi,) pozitsiyasining kiritilishi bo‘lib, uning vazifalari himoyachilarni old tomondan himoya qilish va (ba’zan) hujumchilarni "zararsizlantirish" edi. Boshqa tomondan, to‘pni oldinga uzoqqa tashlash orqali himoyadan hujumga tez o‘tishga asoslangan qarshi hujum taktikasi inqilobiy bo‘ldi. Errera variantida himoyachilarning har biri raqib hujumining ma’lum bir futbolchisi uchun ham javobgar bo‘lgan, ya’ni o‘yinchilarning shaxsiy himoyasi joriy qilingan.
Hozirgi vaqtda (2000 yillardan boshlab) "avtobus" atamasi bunday taktikalar uchun qo‘llanib kelinmoqda.
"Katenachchio" uslubi avvalo, jarangdor ekani, keyin esa kurash va raqobatbardoshlikni talab qilgani uchun tanlab olindi. Futbolda, hayotda, umuman hamma erda siz kurashishga, engilmaslikka majbursiz. Yashashning asl ma’nosi ham shunda!!!
Shohrux Zoirov tayyorladi.
Fikrlar