Italiyalik referi Jahon chempionati ochilish o‘yinini boshqarib boradigan bo‘ldi

  • 19 noyabr, 2022, 19:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatardagi Jahon chempionati ilk o‘yinida ishlaydigan hakamlar nomi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, italiyalik referi Daniele Orsato Qatar - Ekvador o‘yinida bosh hakamlik qiladi. 

Tecno

Shu tariqa, Orsato mundialdagi dastlabki o‘yinida ish olib boradi. Unga qanotlarda Chiro Karbone va Alessandro Gallatini yordam beradi. To‘rtinchi hakam sifatida Istvan Kovashs nomi keltirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, ertaga Jahon chempionatiga start beriladi. Qatar va Ekvador jamoalari o‘rtasidagi ochilish o‘yini 21:00 da start olishi rejalashtirilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!