Italiyalik jurnalist Shomurodovning keyingi jamoasi qaysi bo‘lishini ma’lum qildi (foto)

  • 4 avgust, 2022, 23:23
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi va “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini qaerda davom ettirishi deyarli aniq bo‘ldi. Bu haqda italiyalik jurnalist Rudi Galetti tvitterdagi sahifasi orqali ma’lum qildi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, legionerimzning keyingi klubi katta ehtimol bilan “Bolonya” bo‘ladi. Hozirda tomonlar transfer shartlarini muhokama qilmoqda. Eldor “qizil-ko‘klar” safiga sotib olish sharti bilan ijara asosida o‘tishi kutilmoqda.

Oldinroq Shomurodovga A seriyaning boshqa klublari “Torino” va “Sassuolo” ham qiziqish bildirgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Biroq ular Eldorning transferi bo‘yicha “Roma” bilan kelisha olmadi.

Galettining qo‘shimcha qilishicha, rimliklar Shomurodov transferini yakunlaganidan keyin Andrea Belottini o‘z safiga qo‘shib oladi.

rkd

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!