
Italiya uchun Evro endi boshlandi!
Evroning amaldagi chempioni Italiya "B" guruhining 3-turida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushib, g‘alabaga teng bo‘lgan durangni qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 55-daqiqasida Modrich hisobni ochdi. Bu italiyaliklar uchun katta zarba edi. Agarda ushbu natija saqlanib qolganida, xorvatlar ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l olgan bo‘lar, Spalletti shogirdlari esa eng yaxshi 3-o‘rin sohibi sifatida guruhdan chiqish imkoniyatiga ega bo‘lar edi. Ammo so‘nggi daqiqalarning so‘nggi soniyalarida Zakkani imkoniyatlarni tenglashtirdi va jamoasini hotirjam nimchorak finalga chiqishini ta’minlab berdi.
Italiyaning keyingi raqibi bu Shveytsariya bo‘ladi. Yakin shogirdlari "A" guruhida Germaniya bilan munosib kurasha oldi. Jamoa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va hali mag‘lubiyatga uchramadi. Italiya esa Evroning pley-offlarida engilmas jamoaga aylanib oladi.
Italiyani so‘nggi marta 2016 yilgi turnirda Germaniya chorak finalda mag‘lub qilgandi. Shundan beri jamoa pley-off o‘yinlarida mag‘lub bo‘lmay kelmoqda. O‘sha turnirda 1/8 bosqichda Ispaniyani taslim qilgan Konte shogirdlari nemislar bilan asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergandi.
Undan oldin esa italyanlar 2012 yili finalgacha etib borib, Ispaniyadan 4:0 hisobida engilgan. Chempionatda Prandelli boshchiligidagi jamoa Angliya, Germaniya va Irlandiyani taslim qilib, finalgacha etib keladi.
Agarda finallar hisobga olinmasa, Italiya so‘nggi marta 1988 yilda pley-offlarning asosiy vaqtida mag‘lubiyatga uchragan. Shundan beri ulardan faqatgina penaltilar seriyasida ikki marta Germaniya (2016) va Ispaniya (2008) ustun kelishgan.
Italiya pley-offda Shveytsariya to‘sig‘idan o‘tib olsa, katta ehtimol bilan (Angliya - eng yaxshi 3-o‘rin egalaridan biri) juftligi bilan kuch sinashadi. Yarim finalda esa italiyaliklarni Frantsiya, Niderlandiya jamoalaridan biri kutib turishi mumkin (shunchaki taxmin).
Fikrlar