
Italiya kubogi. "Milan" "Bari"ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Luka Modrich esa debyut uchrashuvini o‘tkazdi
Massimiliano Allegri murabbiyligi ostidagi Milan Italiya kubogi doirasida Bari bilan to‘qnash keldi va ishonchli 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida Rafael Leau bosh bilan zarba yo‘llab, o‘yindagi hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 48-daqiqasida esa Kristian Pulishich milanliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
66-daqiqada "Real Madrid"ning sobiq yarim himoyachisi va afsonasi Luka Modrich Samuele Richchi o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, "Milan" Italiya A Seriyasidagi ilk o‘yinini 23 avgust kuni "Kremoneze"ga qarshi o‘tkazadi.
- Italiya - Italiya kubogi
- 1st Round

Milan
- Rafael Leão 14'
- Christian Pulisic 48'
Tugadi
2
:
0
18.08.2025 00:15

Fikrlar