
Italiya ishonmagan murabbiyga Braziliyada nima bor?
Braziliya prezidenti terma jamoani Anchelottiga topshirilganini qattiq tanqid qildi
Braziliya futbol federatsiyasi rahbariyati terma jamoani italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti bosh murabbiy sifatida boshqarishini e’lon qilgan edi.
Mamlakat prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva bu qarorni keskin tanqid ostiga oldi.
- Karlo Anchelotti hech qachon Italiya terma jamoasiga murabbiylik qilmagan. Nega u Italiya muammosini hal qilmayapti. Axir ular oxirgi jahon chempionatida qatnashmadiku, - dedi Luis Inasiu Lula da Silva.
Kelishuvga ko‘ra, italiyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasidagi ishini 2024 yilning yozida boshlaydi.
Anchelottining “Real” bilan shartnomasi aynan kelasi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Fikrlar