"Istiqlol" stadioni Kubok finali uchun yopilgach, "Neftchi" "Qizilqum"ni qaysi stadionda qabul qilishi ma’lum

  • 11 sentabr, 2024, 12:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Farg‘onadagi "Istiqlol" stadioni 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Kubogi finali uchrashuvi uchun yopilgani haqida xabar berib o‘tgandik. Boisi, maydon maysasini talab darajasiga keltirish asosiy vazifaga aylangandi. Shu sababli "Neftchi"ning uy o‘yinlarini vaqtincha qaysi stadionda o‘tkazishi so‘roq ostida edi. Nihoyat, O‘zPFL bu borada rasmiy xabar berdi.

Tecno

"Avvalroq "Istiqlol" stadionidagi holat masalasiga oydinlik kiritilgandi. Shundan kelib chiqib, "Neftchi" Superliga 19-turi doirasida "Qizilqum"ni Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida qabul qiladigan bo‘ldi. 

Ayni vaqtda Qo‘qon shahridagi stadionni ham rasmiy uchrashuvlar uchun tayyorlash ishlari yakuniga etmoqda. Keyinroq Liga stadionni qayta monitoring qiladi. Oktyabr oyidan boshlab "Qo‘qon-1912" va "Neftchi" klublari o‘z arenalarida raqiblarini qabul qilishi ko‘zda tutilgan", - deyiladi O‘zPFL matbuot xizmati xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!