
Isroilga qarshi uchrashuvda termamizning eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ldi?
20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati nimchorak finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Isroil bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz 0:1 hisobida raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Isroil futbolchisi Anan Halalining 90+7-daqiqada urgan goli bellashuv taqdirini hal qildi.
Kechagi bellashuvda mag‘lubiyatdan qat’i nazar "Paxtakor" a’zosi Abbosbek Fayzullaev o‘zining faol harakatlari bilan sheriklaridan ajralib turdi. "SofaScore" portali talqiniga ko‘ra ham u termamiz safida eng yuqori 7.4 ballga loyiq ko‘rildi.
Marhamat, boshqa futbolchilarga qo‘yilgan ballar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Fikrlar