
Isroil Madrimov "The Ring" nominatsiyasida g‘olib bo‘lishi mumkin
Ma’lumki, Oskar de la Xoyaga tegishli bo‘lgan "The Ring" jurnali bokschilarning reytingini aniqlab borish barobarida yil nominatsiyalariga ham e’tibor qaratadi. Bu yil ham an’ana davom etmoqda. Quvonarlisi joriy yilgi nominatsiyalar orasida hamyurtimiz Isroil Madrimov ham o‘rin olgan.
Isroil ayni vaqtda "Yil kashfiyoti" yo‘nalishida etakchilik qilmoqda.
Bu borada unga Sadriddin Ahmedov (Qozog‘iston), Danieel Dyubua (Britaniya), Jeyron Ennis (AQSh) hamda Verdjil Ortis (AQSh) raqobat ko‘rsatmoqda.
Fikrlar