
Ispaniyaning Millatlar ligasi uchun qaydnomasi e’lon qilindi
Ispaniya terma jamoasining Millatlar Ligasi yarim finali uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. “Qizil furiya” bosh murabbiyi Luis de la Fuente arizaga 23 nafar futbolchini kiritgan.
Ispaniya yarim finalda Italiyaga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 15 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv g‘olibi Niderlandiya va Xorvatiya to‘qnashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.
Fikrlar