Ispaniyaning mashhur klubi Rossiyada o‘z akademiyasini ochadi

  • 6 aprel, 2021, 19:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Vilyarreal” klubi o‘zining rasmiy sayti orqali Rossiyaning Krasnodar shahrida yangi akademiyasi ochilayotganini e’lon qildi.

Tecno

“Ushbu yangi loyiha Cantera Grogueta etakchi metodologiyasi asosida faoliyat yuritadi. U futbolga qiziqqan 5-16 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan.

“Vilyarreal” allaqachon dunyoning bir nechta davlatlarida o‘zining xalqaro akademiya va filiallarini ochgan. Hozirgi kunda “Vilyarreal” akademiyasi AQSh, Avstraliya, Kanada, Meksika, Shvetsiya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda faoliyat yuritmoqda. Endi ushbu mamlakatlar qatoriga Rossiya ham kiradi”, - deyiladi klub bayonotida.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Vilyarreal”ning Krasnodardagi akademiyasi joriy yilning iyun oyidan faoliyat boshlaydi.

"Vilyarreal" 29 turdan so‘ng Ispaniya La Ligasida 46 ochko jamg‘argan holda 6-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!