
Ispaniya Superkubogi. "Barselona" ayollar jamoasi "el klasiko"da "Real"ni mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqdi
"Barselona" ayollar jamoasi "el klasiko"da g‘alaba qozondi.
Kataloniya kulbi Ispaniya Superkubogi yarim finalida qo‘shimcha bo‘limlardan keyin 3:1 hisobida "Real"ni mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yinning 59-daqiqasida "Barselona" futbolchisi Iren Paredes ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.
Asosiy bo‘limlarda o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi. 24-daqiqada Klaudiya Pina hisobni ochdi. 54-daqiqada esa "qirollik klubi" hisobni tenglashtirdi. Gol muallifi Kerolayn Veyr.
Qo‘shimcha taymlarda Mariona Kaldentey va Salma Paralluelo o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Superkubok finalida "Barsa" "Real Sosedad" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar