
Ispaniya kubogi. "Barselona" 10 kishi bo‘lib qolgan "Sosedad"ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi
Ispaniya kubogi chorak finalidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real Sosedad" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda kataloniyaliklar 1:0 hisobida qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.
Usmon Dembele tomonidan 52-daqiqada kiritilgan gol bellashuv taqdirini hal etib berdi. Shuningdek, mehmonlar a’zosi Braim Mendes 40-daqiqada qizil kartochka olib, maydondan chetlashtirildi.
Shu tariqa, Xavi shogirdlari "Kopa del Rey" yarim finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar