Ispaniya finalga chiqa olmasa, Luis Enrike hal qiluvchi o‘yinda qaysi terma jamoaga muxlislik qiladi?

  • 6 iyul, 2021, 10:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoasi “Evro-2020” finaliga chiqa olmagan taqdirda, hal qiluvchi o‘yinda kimga muxlislik qilishi haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, ispanlar bugun yarim finalda Italiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

“Agar g‘alaba qozonsak, bu yaxshi. Ammo bu ishni Italiya uddalasa, men finalda ularga muxlislik qilaman”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Evropa chempionatining ikkinchi yarim final juftligida Angliya va Daniya terma jamoalari o‘zaro maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!