
Ispaniya - Frantsiya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
"Evro-2024" yarim finalidan o‘rin olgan Ispaniya - Frantsiya bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "Qizil Furiya" 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Bellashuvning 8-daqiqasida Kolo-Muani hisobni ochdi. 21 va 25-daqiqalarda esa Yamal hamda Olmo gol urib, Ispaniyani hisobda oldinga olib chiqdi va mazkur hisob bellashuv yakunigacha o‘zgarmadi.
Shu tariqa, De La Fuente shogirdlari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb Lamin Yamal e’tirof etildi. Ispaniyalik vinger hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi va o‘z qanotida aktiv futbol namoyish etdi.
Fikrlar