
"Isloch" - "Energetik-BGU". Hamyurtlarimiz asosiy tarkibdami?
Birozdan so‘ng Belarus chempionati 10-turidan o‘rin olgan "Isloch" hamda "Energetik-BGU" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi. Har ikkala klub ustozlari bugungi bellashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilar nomini ma’lum qildi.
E’tiborlisi, mehmonlar safida faoliyat olib boradigan hamyurtlarimiz - Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov bugun ilk daqiqalardan maydonda harakat qiladigan bo‘ldi.
Belarus chempionati. 10-tur
20:30 "Isloch" - "Energetik-BGU"
"Isloch": Xatkevich, Yanushkevich, Papush, Kontsevoy, Xolodinskiy, Tsveyba, Karpovich, Melnik, Godfri, Patotskiy, Yansane.
"Energetik-BGU": Lesko, Nosko, Shkurdyuk, Miroshnikov, Yaxshiboev, Yudchits, Mavatus, Umarov, Svirepa, Bakich, Musaxanyan.
Fikrlar