
"Inter"ning sobiq futbolchisi: Lautaro "Barselona"ga o‘tmasligiga ishonchim komil
"Inter"ning sobiq futbolchisi Ivan Samorano argentinalik hujumchi Lautaro Martinesning "Barselona"ga o‘tmasligiga ishonmoqda.
“Lautaro “Inter”dan ketmasligiga ishonchim komil. “Barselona”da hozir moliyaviy qiyinchiliklar mavjud va shu bois ular Martinesni sotib olisholmaydi. Shuning uchun u qoladi, bunga aslo shubha qilmayman. Lautaro – “Inter”ning kelajagi. “Barselona” buni o‘zgartirishi uchun esa kamida 100 mln evro sarflashi kerak”, - deydi Samorano.
Eslatib o‘tamiz, Martinesning tovon puli 111 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar