
"Inter" Xorvatiya terma jamoasi etakchilarini sotib olmoqchi
Milanning "Inter" klubi mavsumlar oralig‘ida o‘zining markaziy chizig‘ini xorvatiyalik futbol yulduzlari bilan kuchaytirmoqchi.
ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra "neradzurrilar" yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida "Real"dan Luka Modrich va "Barselona"dan Ivan Rakitichlarni sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq kataloniyaliklar Rakitich bilan shartnomani uzaytirmasliklari haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Modrich joriy mavsum “qirollik klubi” safida jami 39ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Rakitich esa 42ta o‘yinda ishtirok etdi va 5ta gol hamda 9ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar