
"Inter" va PSJ o‘zaro futbolchi almashtirishmoqchi
"Inter" qishki transfer oynasi vaqtida Kristian Eriksenni transferga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashriga ko‘ra, "neradzurrilar" daniyalik futbolchini PSJga ijaraga yuborib, uning o‘rniga Parij klubidan Leandro Paredesni olmoqchi. Yaqin vaqtlar ichida klub mutasaddilari uchrashib, oldi berdi mavzusini muhokama qilib olishmoqchi.
Davralar oralig‘ida parijliklar bosh murabbiy Tomas Tuxelni iste’foga chiqarib, "Tottenxem" sobiq ustozi Maurisio Pochettinoni olib kelmoqchiligi xabar qilingan edi.
Fikrlar