"Inter" sardori "Barselona"ga o‘tadimi?

  • 12 dekabr, 19:02
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi hujumchisi Lautaro Martines faoliyatini boshqa jamoada davom ettirmoqchi.

Tecno

Argentinalik forvard mavsum so‘ngida milanliklarni tark etishi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra futbolchi boshqa jamoada o‘zini sinab ko‘rishni istayapti. "El Nacional" bergan xabarlarga ko‘ra, Martines "Barselona"da Levandovskining o‘rnini egallashni xohlamoqda. Futbolchining "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarimigacha mo‘ljallangan. U 2018 yildan buyon "neradzurrilar" sharafini himoya qilib kelmoqda. 

Ma’lumot uchun, 28 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha turnirlarda umumiy 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 gol va 2 ta golli uzatmani hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!