
"Inter" o‘z hujum chizig‘ini "Napoli" futbolchisi bilan kuchaytirib olmoqchi
"Napoli" forvardi Dris Mertensning kelajagi so‘roq ostida turibdi.
Ma’lum bo‘lishicha, neapolliklardagi vaziyat unchalik yaxshi emas va belgiyalik futbolchi qishgi tranfer oynasidayoq jamoani tark etishi mumkin.
Mertensning klub bilan 2020 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomasi bor. Tomonlar bitimni uzaytirishdan uzoqdalar.
Futbolchiga esa "Inter"dan qiziqish bor. Milan klubining sport direktori Beppe Marotta futbolchining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.
Mertensning "Napoli"dagi maoshi yiliga 4 mln evroni tashkil etadi. Belgiyalik futbolchi o‘z maoshining ko‘tarilishini istamoqda. Uning "Inter"ga o‘tishi mumkinligining yana bir muhim sababi ham aynan mana shu. U milanliklar tarkibida ko‘proq maosh olishi mumkin.
Fikrlar