"Inter Mayami" Messini qo‘yib yuborishga rozi, faqat bir shart bilan...

  • 27 fevral, 13:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami" jamoasi Lionel Messini faqat bir shart bilan "Barselona"ga qo‘yib yuborishga rozi.

Tecno

Avvalroq, kataloniyaliklar Messini ortga qaytarish uchun bir nechta futbolchini sotish niyatida ekani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. "Fichajes" nashri xabariga ko‘ra, floridaliklar 37 yoshli futbolchi klub bilan shartnomasini 2027 yil oxirigacha uzaytirishga rozi bo‘lsa, uni qo‘yib yuborishga tayyor.

Messining Amerika jamoasi bilan amaldagi shartnomasi shu yilning dekabr oyida yakuniga etadi. Argentinalik yulduz 2023 yil iyunidan beri "Inter Mayami"da o‘ynamoqda. U klub safida barcha turnirlarda 42 ta o‘yin o‘tkazib, 36 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!