
"Inter Mayami" Messi va Busketsning tanishtiruv marosimini qachon o‘tkazadi?
"Inter Mayami" iyul oyi o‘rtalarida Leo Messi va Serxio Busketsning taqdimotini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
"Mundo Deportivo" xabariga ko‘ra, Messi va Busketsning "Inter Mayami" futbolchisi sifatida qo‘shma taqdimoti 16 iyul kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Biroq, aniq sana hali aniqlanmagan.
Taqdimot davomida Buskets bilan shartnoma imzolanadi. "Inter Mayami" bu tartibni rasmiyatchilik deb hisoblaydi.
Amerika klubi Messi va Buskets taqdimotidan maksimal foyda olmoqchi, shu bois hozirda 18 000 tomoshabin tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan stadion sig‘imini 3 000 o‘ringa oshirish ustida ishlamoqda. Qayd etilishicha, mahalliy hokimiyat jamoaning bunday harakatlariga qarshi.
Fikrlar