
“Inter Mayami” Messi tufayli darvozabonni haydab yubordi
“Inter Mayami” klubi rahbariyati Lionel Messining jamoaga kelishiga shubha bildirgan darvozabon Nik Marsmanga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, klub 32 yoshli futbolchi bilan kelishuvni bir tomonlama bekor qildi va unga kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi. MLS qoidasiga binoan, klublarga bir yilda faqat bir marta o‘yinchilar bilan shartnomani bekor qilishga ruxsat etiladi.
Iyun oyida niderlandiyalik darvozabon “Inter Mayami” Lionel Messi darajasidagi yulduz transferini amalga oshirishga tayyor emasligini iddao qilgandi.
- Shaxsan men klubi Messining kelishiga tayyor emas, deb hisoblayman. Chunki stadionimiz vaqtinchalik, odamlar maydonga kirib kelaveradi. Biz qo‘riqchilarsiz yuramiz.
O‘ylashimcha, hali klub katta transferga tayyor emas. Lekin Messining jamoaga kelishidan umidvorman, - degan edi Marsman.
Fikrlar