"Inter" Hakimiga APLdan o‘rinbosar topdi

  • 7 iyul, 2021, 14:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Ektor Belerin faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Calciomercato tarqatgan xabarga qaraganda, "neradzurrilar" 26 yoshli ispaniyalik futbolchini keyinchalik 20 million evroga to‘liq sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. "Inter" rahbariyati Belerinni yaqindagina PSJga ko‘chib o‘tgan Ashraf Hakimiga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Belerin o‘tgan mavsum “Arsenal” safida jami 35 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ektor ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 4 ta assist yozdirib qo‘ydi.

“Arsenal” o‘tgan mavsum APLni 10-o‘rinda yakunladi, “Inter” A Seriyada chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!