"Inter" "Chelsi"dan himoyachi sotib olmoqchi

  • 1 iyun, 2023, 23:45
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" yozgi transferlar oynasida himoyachi sotib olishni rejalashtirgan. Milanliklarning radariga "Chelsi" a’zosi Trevo Chaloba ham qo‘shildi, deya xabar tarqatdi "Evening Standart" nashri. 

Tecno

Chaloba "aristokratlar"ning zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. Shu sababli, u klubni tark etishga qarshi emas. "Inter"ga mazkur transfer 25 million evroga tushishi kutilmoqda. 

Italiya grandi angliyalik himoyachidan tashqari, Benjamen Pavar, Franu Kesse va Roberto Firmino kabi yulduzlarni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!