"Inter" "Barselona" futbolchisi haqida ma’lumot to‘plamoqda

  • 1 iyul, 2021, 10:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Serxi Roberto "Inter"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "neradzurrilar" 29 yoshli ispaniyalik futbolchi haqida ma’lumot to‘plashni boshlab yuborishgan. Ammo hozircha Roberto masalasida hech qanday taklif yuborishmagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Serxi Robertoga "Manchester Siti" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 18 million evroga baholanmoqda.

Serxi Roberto o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!