Insinega MLSdan super taklif bo‘lmoqda

  • 24 dekabr, 2021, 12:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" klubi yarim himoyachisi Lorentso Insine Evropani tark etib, okean ortiga yo‘l olishi mumkin.

Tecno

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Kanadaning "Toronto" klubi 30 yoshli italiyalik futbolchiga super taklif bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra, MLS klubi Insinega 3 yillik shartnoma va yiliga 8 million evro maosh to‘lashga tayyor.

Ma’lumot uchun, Insinening “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Agar tomonlar kelishuvni uzaytirmasa, Lorentso jamoani erkin agent sifatida tark etadi.

Neapolliklar sardori joriy mavsum jami 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!