
Inesta “Barselona”dan ketishi haqida: "Bu to‘g‘ri qaror bo‘lgan"
“Barselona” afsonasi Andres Inesta 2018 yil klubni tark etgandi. Uning shartnomasi butun umrga tuzilgan bo‘lishiga qaramay, futbolchi jamoadan ketishga qaror qildi.
Yarim himoyachinig o‘zi o‘sha paytdagi chiqargan qororini to‘g‘ri, deb hisoblaydi. Bu haqda uning o‘zi gapirib berdi.
”Vissel Kobe”ga borishim to‘g‘ri bo‘lgan. Har tomonlama bu bizga foyda keltirdi. Oradan ancha vaqt o‘tdi va mening qarorim to‘g‘ri bo‘lganiga amin bo‘ldim”, - dedi ispaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Inesta Yaponiya klubi bilan birinchi 3 yillik shartnomaga qo‘l qo‘ygan. 2021 yilda esa 2 yillik yangi bitimga imzo chekdi.
Fikrlar