
Indzagi: "Nasaf" ham juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va 2 ta gol urdi"
Elit OChLning 2-turidan o‘rin olgan "Nasaf" va "Al-Hilol" jamoalari o‘rtasidagi bahs 3:2 hisobida saudiyaliklarning foydasiga hal bo‘ldi. Bellashuvdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Simone Indzagi va klub futbolchisi Markos Leonardo o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi hamda jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Indzagi: Hammaga rahmat. O‘yin yuqori tempda o‘tdi, yakunda biz g‘alabani ilib ketdik. "Nasaf" ham juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va 2 ta gol urdi. Futbolchilarimning yaxshi formada ekanligini e’tirof etishim kerak.
— "Nasaf"ni Evropaning qaysi jamoasiga o‘yinini o‘xshatish mumkin?
Aniq bir jamoani ayta olmayman. Jiddada ham, bugun ham jamoa yaxshi shakllangani ko‘rinib turdi. "Nasaf" keyingi o‘yinlarda barcha jamoalarga bosh og‘riq bo‘ladi, deb o‘ylayman.
— O‘yinimizga nima ta’sir ko‘rsatdi? Maydon holatimi yoki...
Bizda ko‘p vaziyatlar bo‘ldi, biroq ura olmadik. Raqibni tan olish kerak — gollarini o‘z mehnati bilan urdi. Muammolarimiz borasida, albatta, tahlil qilamiz.
— "Nasaf"dagi qaysi futbolchini e’tirof etasiz?
Men darvozabonni alohida e’tirof etgan bo‘lar edim. U o‘zini bugun yaxshi ko‘rsatdi.
Leonardo: Hammaga xayrli kech. Juda ko‘p imkoniyatlarimiz bo‘ldi va baribir yakunda muhim gol urdik.
— Jamoadoshlaringiz bor salohiyati bilan o‘ynadimi?
O‘ylaymanki, o‘yinimizni ko‘rsata oldik, to‘pni nazorat qildik.
Fikrlar