
Indoneziyada chempionat o‘yinidan so‘ng ommaviy tartibsizlik yuzaga keldi. Qurbonlar bor
Indoneziya Premer ligasi 11-turidan o‘rin olgan "Arema" va "Persebaya" jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda mehmonlar 3:2 hisobida zafar quchdi.
O‘yindan so‘ng ikki tomon muxlislari o‘rtasida katta janjal yuzaga keldi, vaziyatga politsiya aralashdi. Hattoki, xodimlar mushtlashuvni to‘xtatish maqsadida ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatishga majbur bo‘lgan.
Oqibatda, yuzlab insonlar gazdan qochish uchun chiqish darvozasi tomon yugurgan. Tartibsizliklar orasida ba’zi odamlar bo‘g‘ilib, ayrimlari oyoq ostida qolib ketgan.
Xabarlarga ko‘ra, ommaviy tartibsizlik natijasida 300 dan ortiq kishi jarohat olgan va yaqin atrofdagi kasalxonalarga olib ketilgan. Biroq afsuski, 120 dan ko‘proq inson hayotdan ko‘z yumgan. Qurbonlar soni ortayotgani aytilmoqda.
Indoneziya futbol assotsiatsiyasi mamlakat oliy hamda quyi ligasi uchrashuvlarini to‘xtatdi va tergov ishlari boshlab yuborildi.
Bu kabi holat Indoneziyada avval ham sodir bo‘lgan. Klublar o‘rtasidagi kuchli raqobat ba’zida jamoa tarafdorlari o‘rtasida katta janjallarga olib kelgandi.
Fikrlar