Ilyas Bekbulatov “Pro League-2021” turnirining g‘olibiga aylandi

CHERY AUTO

Rossiya Federatsiyasining Vladikavkaz shahrida erkin kurash bo‘yicha “Pro League-2021” musobaqasi yakuniga etmoqda. Ushbu musobaqada terma jamoamiz vakili Ilyos Bekbulatov -70 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Tecno

Musobaqani chorak 23 yoshgacha bo‘lgan kurashchilar o‘rtasida Evropa chempioni Imam Ganishevga qarshi boshlagan hamyurtimiz 10:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Yarim finalda esa, yoshlar o‘rtasida jahon chempioni Anzor Zakuev bilan to‘qnash keldi. Vakilimizning ustunligida kechgan bahs Bekbulatovning 9:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Kutilganidek, finalda ushbu vazn toifasida amaldagi jahon chempioni David Baev ro‘baro‘ keldi. Keskin va murosasiz kechgan bellashuvda hamyurtimiz 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Pro League-2021
Erkin kurash, -70 kg:
1/4 final: Ilyos Bekbulatov – Imam Ganishev (Rossiya) 10:0
1/2 final: Ilyos Bekbulatov – Anzor Zakuev (Rossiya) 9:3
Final: Ilyos Bekbulatov – David Baev 6:4

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa Artur Taymazov rahbarligidagi “Taymazov team” kompaniyasining titul homiyligida o‘tdi va unda har bir vaznning eng kuchli 8 nafar kurashchisi gilamga chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!