
Ilk uchrashuv oldidan “Barsa” muxlislari Laportaga qarshi bosh ko‘tardi
“Barselona” muxlislari Lionel Messining boshqa klubga o‘tib ketganini hazm qila olmayapti. Ular jamoaning La ligada “Real Sosedad”ga qarshi o‘yinidan oldin klub prezidenti Joan Laportaga qarshi bannerlar ko‘tardi.
Joan Laporta Messi atrofida vujudga kelgan vaziyat uchun o‘zidan oldin ishlagan mutasaddilarni ayblamoqda. Biroq, futbol ishqibozlarining fikri boshqacha.
Muxlislar Laportaga qarshi “Laporta Florentinoning xizmatkori”, “Laporta Messini aldadi”, “Klub sening shaxsiy do‘koning emas!” qabilidagi shiorlarni ko‘tarmoqda.
Joan Laporta “Barselona” prezidentligi uchun saylov oldidan hammaga Lionel Messini olib qolishni va klubdagi birinchi vazifasi shu ekanini ta’kidlagan edi. Amalda esa, klub Messi bilan yangi shartnoma imzolash imkonini topa olmadi.
Fikrlar