
Iliya Topuriya: "Holloueyni "uxlatish" uchun menga 10 soniya etarli"
Yarim engil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya bo‘lajak raqibiga "olovli" xabarlar yubordi.
"Maks biror marta nokautga uchramagan. Unga birinchi nokautni men taqdim etaman. Bu uchun 10 soniya etarli. Hamma maqtayotgan Hollouey mening darajamga eta olmasligini tushunib olasiz. Uni favorit deya atayotganlar, iltimos, Maks oktagonda "uxlab yotganda" meni olqishlab, yonimga kelmang. Ikkiyuzlamachilarni yoqtirmayman", - dedi Topuriya Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya (15-0) va Maks Hollouey (26-7) jangi 26 oktyabr kuni "UFC 308" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar