
Ilichich Ibragimovichning rekordini yangiladi
"Atalanta" etakchisi Iosif Ilichich Chempionlar Ligasi nimchorak finali javob uchrashuvida "Valensiya" darvozasini 4 bor ishg‘ol qildi. "Mestalya" stadionida kechgan bahsda Ilichich Chempionlar Ligasi tarixida 3 ta va undan ortiq gol kiritgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. U ushbu natijani qayd etgan paytda 32 yosh 41 kunlik edi.
Ma’lumot uchun, avvalgi natija Zlatan Ibragimovichga tegishli edi. Shvetsiyalik hujumchi 2013 yili PSJ safida "Anderlext"ga qarshi bahsda xet-trik qayd etgandi. Bu paytda Zlatan 32 yosh 20 kunlik bo‘lgan.
Fikrlar