
Ilgiz Tantashev Polshada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga taklif etildi
FIFA shu yilning 25 may - 16 iyun kunlari Polshada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishlaydigan hakamlar va rasmiylar ro‘yxatini e’lon qildi.
Osiyodan ushbu musobaqaga jami 13 nafar hakam taklif qilingan. Ular orasida 3 nafar bosh hakam, 6 nafar referi assistentlari va 3 nafar VAR bo‘yicha ishlaydigan hakamlar bor. Hamyurtimiz Ilgiz Tantashev esa mazkur musobaqaga zaxira hakami sifatida taklif etilgan.
Fikrlar