
Ikrom Aliboevning goli OChL tarixidagi eng chiroyli gol bo‘lishi mumkin, agar...
Ayni damda Osiyo futbol konfederatsiyasi Osiyo chempionlar ligasi tarixidagi eng chiroyli golni aniqlash bo‘yicha o‘z saytida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Ushbu so‘rovnomada o‘zbekistonlik Ikrom Aliboevning "Lokomotiv" tarkibida "Al-Vahda" darvozasiga kiritgan goli yarim finalga chiqib, ushbu bosqichda Saud Haririning "Al-Ittihod" - "Al-Vahda" o‘yinida kiritgan goli bilan bellashayotgandi. Hamyurtimizning goli raqibiga qaraganda ko‘proq ovoz to‘plab, finalga yo‘l oldi. Endilikda Aliboevning goli muxlislar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "OChL tarixidagi eng chiroyli gol" nominatsiyasida g‘alaba qozonish uchun eronlik Andranik Teymuryan bilan bahslashadi.
Ayni damda hamyurtimiz ovoz berish jarayonida ortda qolmoqda. Aliboevni qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagi HAVOLA orqali uning goliga ovoz berishingiz mumkin. Bizning ovozimiz yakunda OChL tarixidagi eng chiroyli gol o‘zbekistonlik futbolchiga tegishli bo‘lishini ta’minlashi mumkin.
Fikrlar