Ikki nafar vakilimiz Osiyo kubogining chorak final bahsiga tayinlov oldi

  • 26 iyun, 2023, 14:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 15 iyunidan boshlab Tailandda U-17 Osiyo kubogi bo‘lib o‘tayotgani va unda 3 nafar o‘zbekistonlik vakil ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar bergan edik.

Tecno

Bugun, 26-iyun kuni Tailandning Pathum Thani shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 2 uchrashuvdan biri — Yaponiya – Avstraliya qarama-qarshiligida Rustam Lutfullin hamda Alisher Usmonov yordamchi va zaxira hakami sifatida ishtirok etishlari ma’lum qilingan.

Shuningdek, chorak final doirasidagi kecha bo‘lib o‘tgan Eron hamda Yaman yoshlari o‘rtasidagi bahsda (0:0, pen. 4:2) nazoratchimiz Vladislav Seytlin ishlagan edi.

Ma’lumot uchun, chorak final doirasidagi bugungi 2-bahs O‘zbekiston U-17 terma jamoasi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Ular bugun saudiyalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushishi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!